Noqonuniy saqlanayotgan ov quroli bilan ovga chiqqan ovchi qo'lga olindi
Sherobod tumanida 2020 yil 27 iyun kuni taxminan soat 06.00 lar chamasida, tumanning "Vandob" mahallasida yashovchi T.Sh. noqonuniy "toz-8" rusumli ov quroli va 3 dona jangavor o'qlari bilan "Surxon davlat qo'riqxonasi hududida ov qilib yurganida, Sherobod tumani ichki ishlar bo'limi Jinoyat qidiruv bo'limi tezkor xodimlari tomonidan qo'lga olinib, unga tegishli ushbu ov quroli va jangovar o'qlar tekshirib ko'rishlik uchun tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Ekspertiza xulosasiga ko'ra, T.Sh.dan olingan bir dona "Tulskiy Orujeyniy zavodida" ishlab chiqarilgan, bir stvolli "toz-8" rusumli ov quroli va 3 dona patronlar texnik jihatdan soz bo'lib, o't ochishga yaroqli ekanligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan 3 iyul kuni T.Sh.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati