Noqonuniy viza rasmiylashtirish evaziga pora bermoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi.
Joriy yilning 24 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB
Shaxsiy xavfsizlik xizmati xodimlari hamda viloyat prokuraturasining iqtisodiy jinoyatlarga
qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir
davomida, Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarosi H. A. noqonuniy ravishda viza
rasmiylashtirish evaziga bir necha marotaba pora berishni taklif qilib, inspektor
tomonidan ogohlantirishlarga qaramasdan, Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va
fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi chet el fuqarolarini hisobga olish guruhi
inspektoriga uning xizmat xonasida 200 (ikki
yuz) AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida protsessual tartibda
ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan, H. A.ga nisbatan O‘zbekiston
Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.