Yangi O‘zbekistonning ibratli oilalari-yoshlar uchun ibrat maktabidir.
Oila jamiyatimizning
boshlang‘ich bo‘g‘ini, elimizning go‘zal urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida asrovchi
muqaddas mo‘jaz maskan.
BMT Bosh Assanbleyasining
1993 yil 15 may kunidagi rezolyusiyasiga asosan ushbu kun “Butunjahon oila kuni”
deb, e’tirof etilgan.
Denov tumani hokimligi,
Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman IIB, tuman madaniyat bo‘limi bilan birgalikda
15 may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan
“Yangi O‘zbekistonning ibratli oilalari-yoshlar uchun ibrat maktabi” mavzusida
tumandagi Farg‘ona madaniyat uyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirga tumandagi
ajrim yoqasida turgan 25 ta oila taklif etildi. Tadbirga taklif etilganlardan 2
ta oilani yarashtirishga erishildi.
Namunali oilalardan bo‘lgan
To‘lqinjon Ahmedov, Chori Jo‘raev hamda Olimjon Vahobovlar oilasiga tuman hokimligi
Oila va xotin-qizlar bo‘limining esdalik sovg‘alari topshirildi.