“Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!"
2025 yilning 13 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni IIV Surxondaryo akademik litseyining ma’naviy
-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, podpolkovnik Alisher Nurkeldiev
so‘z olib, barcha tadbir ishtirokchilarini Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi va davlatimiz
Qurolli Kuchlarining faoliyati haqida ma’lumotlar keltirdi.
Shuningdek, bayram tadbirida Jarqo‘rg‘on tumanidagi
28-sonli MTTning tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari Vatanni madh etuvchi raqslari
va she’rlari bilan ishtirok etishdi.
Bayram tadbiri davomida litsey o‘quvchilari tomonidan
she’rlar, badiiy sahna asarlari hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Bayram yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar litsey ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.