26 Dekabr 2024 yil 1437

Yangi yil - yangi orzular, yangi rejalar, yangi maqsadlar va yangi natijalar demakdir!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida “Yangi yil - yangi orzular” shiori ostida ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda akademik litseyning iqtidorli o‘quvchi-yoshlari o‘zlarining she’riy tabriklari, raqs, qo‘shiq, qiziqarli sahna ko‘rinishlari hamda Vatanparvarlik chiqishlari bilan bayram ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashishdi.

Tadbir yakunida, akademik litsey rahbariyati tomonidan a’lo baholarga o‘qiyotgan o‘quvchilar, tadbirning faol ishtirokchilari, “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘lgan o‘quvchilar hamda eng namunali guruh sardorlari, shu bilan birga “Eng yaxshi guruh rahbarlari” litsey rahbariyatining tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bayramdan so‘ng esa o‘quvchilar uchun ajoyib bayram dasturxoni tashkil etildi.

Text to speech