Yangi yil bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyatida xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari uchun Prezidentimizning “Yangi yil” sovg‘alari ulashildi va spektakl namoyish etildi.
Tinchlik bebaho ne’mat, uni avaylab asrash kerak. Ta’kidlash joizki, osuda hayotimiz, musaffo osmonimiz, aziz bolajonlarimizning quvnoq kulgisi, yurtimizdagi barqarorlik – tinchlik tufaylidir.
Shu
munosabat bilan, joriy yilning 30 dekabr kuni
viloyat Musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan xizmat vaqtida
halok bo‘lgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolariga bayramona
kayfiyat ulashish maqsadida "Qorbobo sarguzashtlari" nomli sahnalashtirilgan
spektakl namoyish etildi.
Spektakl
so‘ngida xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarimizning oila a’zolari va ularning
farzandlariga Davlatimiz rahbarining “Yangi yil” sovg‘alari Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tarqatildi.
Albatta,
hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilgan bu kabi g‘amxo‘rlik va e’tibordan farzandlarimizning
yuziga kulgu-tabassum yugurdi. Bayram tadbiri bolajonlarga bir olam zavqu-shavq
bag‘ishladi.