Yangi yil bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolaridan xabar olindi.
Tinchlik
bebaho ne’mat. Uni saqlamoq, avaylamoq, kerak bo‘lsa bu yo‘lda jon fido qilish shu
zaminda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Ta’kidlash joizki, osuda
hayotimiz, musaffo osmonimiz, aziz bolajonlarimizning quvnoq kulgisi, ota-onalarimizning
farovon umr kechirishi yurtimizdagi barqarorlik – tinchlik tufaylidir. Tinchlikning
qadriga yetib yashash kerak. Shu aziz Vatan barchamizniki ekan, uni avaylab-asrash
ham barchamizning chin farzandlik burchimizdir.
Tinchlikni
mustahkamlash yo‘lida har bir kishi o‘z burchini sidqidildan, ixlos va e’tiqod ila
bajarmog‘i lozim. Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatchi
o‘ziga topshirilgan vazifani ulug‘ mas’uliyat deb bilmog‘i va harbiy qasamyodni,
va’dalarini bajarishi muhimdir.
Surxondaryo
viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov boshchiligida, o‘z vataniga
sodiq uning tinchligi yo‘lida o‘zining shirin jonini ham ayamasdan xizmat vaqtida
halok bo‘lgan bir guruh xodimlarimizning oila a’zolari va ularning farzandlari holidan
xabar olindi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining “Yangi yil” sovg‘alari ulashildi.
Albatta,
Hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilgan bu kabi g‘amxo‘rlik va e’tibordan farzandlarimizning
yuziga kulgu-tabassum yugurdi. Bayram tadbiri bolajonlarga bir olam zavqu-shavq
bag‘ishladi.
Tadbir davomida, Muzrabot
tumanida viloyat IIB boshlig‘iga biriktirilgan 2 guruh nogironi Sardor Chorievga
noutbuk sovg‘a qilindi. Sardor kompyuter mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv kursida o‘qigani
uchun endilikda o‘zi qiziqqan yo‘nalish ya’ni paynet shaxobchasi hamda taklifnomalar
tayyorlab aholiga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi. Yana 3 nafar nogironligi
bo‘lgan yoshlarga ham bayram sovg‘alari ulashildi. Sovg‘alar ulashish jarayonlari
davom etmoqda.