31 Dekabr 2024 yil 609

Yangi yil bayrami arafasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar homiyligi asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga zamonaviy, yangi uylar qurilib foydalanishga topshirildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi va bevosita ko‘rsatmalariga asosan yurtimizda “Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi hayotga tatbiq etilmoqda. Surxondaryoda bunday ezgu amallar ijrosiga  tizimli yondashilmoqda.

Bugun, viloyat IIB mas’ulligida Sherobod tumanida qurib bitkazilgan 30 ta  2 sotixli yangi zamonaviy uy-joylar Sherobod, Angor va Muzrabot tumanlarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan oilalarga topshirildi. 

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi, sektor rahbarlari ishtirok etib, barchani Yangi yil bayrami bilan qutladi hamda Prezidentimizning tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar natijasida bugun  30 ta oila o‘z uy-joylariga ega bo‘lishayotganligini ta’kidlab, oilalar Yangi yilni o‘z uylarida kutib olishlarini bildirdi. Qurilish bunyodkorlik ishlarining boshida turgan IIO xodimlarining mehnati e’tirof etildi. Shuningdek, “Yagona ijtimoiy reestr”dagi oilalarning farzandlariga Yangi yil bayrami sovg‘alari topshirildi.

Yangi tashkil etilgan Yangi hayot mahalla markazida —  savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, kitob do‘koni, tibbiyot maskani, jami 21 ta umumiy hajmi 40 tonna bo‘lgan intensiv baliqxona, bundan tashqari 3 ta 50 tonnalik ko‘l foydalanishga topshirildi.

 Ushbu loyihalarning barchasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ishsiz a’zolari bandligi ta’minlashga xizmat qiladi.

Tantanali tadbirda so‘z olgan nuroniylar Prezidentimizning bag‘rikenglik siyosati hamda xalqimizga g‘amxo‘rligi sabab oilalar kambag‘allikdan chiqib, farovon turmush tarziga o‘tayotganligi uchun davlatdan minnatdor ekanliklarini ta’kidlashdi.

Text to speech