Yangi yil bayrami arafasida Muzrabot tumanida yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi
Muzrabot tumanining
"Guliston", "Bog‘i eram", "Fayziobod", "Mohiyat"
hamda "Chegarachi" mahallalariga olib boruvchi ko‘prik belgilangan hajmdan
og‘ir bo‘lgan yuk mashinalarining qatnovi bois ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi
natijasida 4-sektor aholisi qolaversa bu yerdan o‘tib qaytuvchilar uchun juda katta
muammo va tashvish tug‘dirayotgan edi.
Shu bois hududda
istiqomat qiluvchi fuqarolar bir-necha yillar davomida ushbu muammoning yechimini
hal etib berishlarini so‘rab tegishli idoralarga murojaat qilganlar.
Bugun esa xalqning
azaliy orzusi ushaldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi
PQ-465-sonli qaroriga asosan Muzrabot tumanida joylashgan 4R102 «Jarqo‘rg‘on sh.-Navbahor
k.-Boldir k.-Kelif k.» avtomobil yo‘lining 62 km qismidagi ko‘prikni rekonstruksiya
qilish natijasida zamonaviy tarzda yangi ko‘prik mustahkam qurilib, foydalanishga
topshirildi.
Ochilish marosimida
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i
Abduvohid Ismoilov, tuman hokimi Abdurashid Ismailov, tuman sektor rahbarlari, tuman
hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot, korxona vakillari qolaversa, mahalliy
aholi, nuroniy otaxonlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
Ochilish tadbirida
viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “ko‘pchilikning uzog‘ini yaqin qiluvchi ushbu ko‘prik
barchaga muborak bo‘lsin!”- deya, tilak bildirdi. Bundan tashqari tadbirda so‘z
olgan nuroniylar yangi qurilgan ko‘prik xalqqa uzoq yillar mobaynida samarali xizmat
qilishini so‘rab duo qilishdi hamda ushbu ko‘prik qurilishida ishtirok etgan barchaga
o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Nuroniy otaxonlar
ko‘prikni ochib beruvchi ramziy tasmalarni kesishib, uning birinchi foydalanuvchilari
bo‘lishdi.
Loyihaning umumiy qiymati
2 mlrd 850 mln so‘mni tashkil etib, qurilish ishlari "Surxon servis baraka"
MChJ tomonidan amalga oshirildi.