Neksiya o'rniga Lasetti olib berishni va'da qilgan firibgarning firibi fosh bo'ldi
Oltinsoy tumanida 2021 yil 13 aprel kuni tuman IIB TBdan tushgan hujjatlarga ko'ra, 2020 yil 28 iyun kuni tumanning "Jilibuloq" mahallasida yashovchi, X.Bekmurod tumanning "Yangiariq" mahallasida yashovchi, q.Tuxtaga Neksiya rusumli avtomashinasini sotib, o'rniga Lasetti rusumli transport vositasini sotib olib berishni va'da qilib, Neksiya rusumli avtomashinasini 43.000.000 (qirq uch million) so'mga sotib yuborib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. Firibgarlik yo'li bilan o'zgalarning ishonchiga kirib, pullarini olib o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan X.Bekmurodga nisbatan 13 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati