28 Iyul 2021 yil 920

Nega IIBga yolg'on xabar berdi yoxud o'ynab gapirsang ham o'ylab gapir.

Angor tumanida 2021 yil 23 iyun kuni Muzrabot tumani "chegarachi" mahallasida yashovchi, universitet talabasi, X.Samandar "102" qisqa raqamiga murojaat qilib, unda tuman hududidagi Jarqo'rg'on va Muzrabot tumanlarini bog'lovchi chorraxada, o'zining boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomashinasini yo'l chetiga qo'yib, qarindoshining uyiga kirib chiqqan vaqtida, "Spark" rusumli avtomashinasi joyida yo'qligini va mashinasi ichida 2000 (ikki ming) AQSh dollar pullari borligini bildirib avtomashinasini topib berishda amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.
X.Samandarning ushbu murojaati asosida, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida, X.Samandar "Spark" rusumli avtomashinasi olib qochilganligi to'g'risida yolg'on xabar berganligi, avtomashinasini tanishi E.Fazliddindan qarz sifatida olgan 5000 (besh ming) AQSh dollar pullarni 23 iyun kuni uyiga olib borib berib, keyin avtomashinasini olib ketishini aytib, "Spark" rusumli avtomashinasini E.Fazliddinga o'zi berib yuborganligi aniqlangan. Ichki ishlar organlariga qo'ng'iroq qilib, yolg'on xabar bergan X.Samandarga nisbatan 21 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech