5 Noyabr 2024 yil
480
Endilikda, Skuter va mopedlar davlat raqam belgisiga ega bo‘ladi. Haydovchilik guvohnomalari orqali boshqariladi.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan barcha shahar va tumanlarda moped, skuter hamda shu turdagi transport vositalaridan foydalanish uchun belgilangan talablar mazmun mohiyatini yetkazish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Bu borada haydovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 iyul kunidagi "Foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi 393-son qarori bilan belgilangan me’yorlar tushuntirilmoqda.