17 Fevral 2023 yil 407

Nazoratsiz yurgan voyaga etmaganlarga IIB xodimlari tamonidan g‘amho‘rlik ko‘rsatildi

Joriy yilning 16 fevral kuni Denov tumani IIB JXX XPB xodimlari Denov tuman markaziy buyum bozorida nazoratsiz va qarovsiz yurgan  Uzun tumani “Yoshlik” MFY Yoshlik ko‘chasi 12-uy
9-xonadonda yashovchi voyaga yetmagan  aka-ukalarni Surxondaryo viloyati IIB JXX HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirishgan.

Markazda voyaga yetmaganlar bilan mas’ul xodimlar tomonidan  profilaktik suxbat olib borish jarayonida  onasi N.Saidova farzand tarbiyasiga yetarli darajada e’tibor qaratmaganligi sababli, ular dars mashg‘ulotlariga jalb etilmagani yashash xonadonidan doimiy ravishda ruxsatsiz, bemaqsad chiqib ketayotganligi aniqlanib amaliy choralarga kirishildi. Markaz xodimlari ishtirokida ushbu voyaga yetmaganlar yashash hududiga olib borilib, tuman Hokimligi vakillari, “Yoshlik” mahalla faollari, 1-umumiy o‘rta ta’lim maktab raxbariyati hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida fuqaro Saidova Nurnisoga u farzand tarbiyasiga mas’ul ekanligi, bolalarini kelajagi uchun javobgarligi  to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech