13 Yanvar 2023 yil 378

Nazoratsiz yurgan bolalar oilasiga mas’ullar ishtirokida qaytarildi

Boysun tumanida yashovchi fuqaroning voyaga yetmagan farzandlari 2007 yilda tug‘ilgan B.I, 2008 yilda tug‘ilgan B.U va 2012 yilda tug‘ilgan B.Yalarni qarovsiz va nazoratsiz qoldirganligi yuzasidan joriy yilning 12 yanvar kuni viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar boshqarmasi boshlig‘i mayor A.Xudoyberdiev, viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i o‘rinbosari kapitan N.Aramov, viloyat IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixologi katta leytenant M.Jo‘raeva hamda jamoatchilik bilan birga fuqaroning voyaga yetmagan farzandlarining ruhiy va psixologik holatlarini o‘rganish maqsadida psixologik suhbat olib borildi.

Olib borilgan suhbatdan maqsad ularning ruhiyatiga salbiy o‘zgarishlar va ruhiy tushkunlik holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va korreksiya qilishdir. Ular masu’llar ishtirokida oilasiga qaytarilib voyaga yetmaganlarning otasi bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ularning qarovsiz va nazorotsiz qolishlarini oldini olish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, murabbiy hamda psixolog biriktirilib, turli fan va sport to‘garaklariga jalb etildi.

Text to speech