10 Iyun 2024 yil 374

Nazorat ostidagi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsad qilindi

2024 yil 10 iyun kuni Sherobod tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari Sh.Umarov va D.Mamanazarovalar va tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan Q.Qurbonnazarovlar tomonidan Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, nazoratdagi yoshlarning kitob mutolasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tumandagi Axborot kutubxona markazida kitob hamda QR-kodli elektron kutubxona targ‘iboti o‘tkazildi.

Tadbir davomida Probatsiya nazorati ostidagi yoshlarga Axborot-kutubxona markazi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berilib, mustaqil hayotda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari va kelajakda jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan insonlar bo‘lib, etishlari yuzasidan kutubxona xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari ham o‘tkazildi.

Text to speech