2 Sentyabr 2025 yil 317

Navbatdagi psixologik uchrashuv ruhiy-emotsional holatlarning profilaktikasiga bag‘ishlandi.

Surxondaryo viloyatida Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari o‘rtasida jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish va ruhiy-emotsional holatlarning profilaktikasiga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

Harbiylashtirilgan nazoratchilar va qorovullik bo‘linmalari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulotda psixolog mutaxassislar tomonidan ruhiy salomatlikning ahamiyati, ijtimoiy-psixologik muhitni barqaror saqlash, xizmatdagi ziddiyatlarning oldini olish va ularni samarali hal etish yo‘llari yuzasidan psixologik maslahatlar va tavsiyalar berildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun maxsus psixologik trening ham tashkil etildi. Trening davomida guruhli mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, jamoaviy muloqotni yaxshilovchi topshiriqlar bajarildi. Bu orqali xodimlarning bir-biriga nisbatan ishonchi, o‘zaro hurmati va hamjihatlik ruhini yanada kuchaytirish maqsad qilingan.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

Text to speech