Navbatdagi psixologik trening o‘tkazildi
Ichki ishlar organlari tizimida xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, ruhiy barqarorlikni ta’minlash hamda xizmat davomida uchraydigan stress holatlariga bardosh berish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida muntazam psixologik mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Kuni
kecha Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari ishtirokida viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi
hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tassarrufidagi Hayrabod garnizonidagi harbiy
qism psixolog mutaxassisi tomonidan psixologik
trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mutaxassislar
tomonidan xodimlarga stressni boshqarish, emotsional zo‘riqishlarning oldini olish,
xizmatda va kundalik hayotda to‘g‘ri kommunikatsiya o‘rnatish usullari yuzasidan
nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Trening jarayonida interaktiv uslublar,
rolli o‘yinlar, jamoaviy muhokamalar va test sinovlaridan foydalanildi.
Bu kabi tadbirlar tizim xodimlarining psixologik tayyorgarligini oshirish, xizmat samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.