14 May 2021 yil
526
Nashani ekkan Sherali qo'lga olindi
Denov tumanida 2021 yilning 8 aprel kuni soat 13.20 lar chamasida, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi tog'li va chegara hudud tezkor bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "Soxibkor" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, B.Sherali tomorqasida, 35 tup "nasha" o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 12 aprel kuni B.Sheraliga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Giyohvand moddalarni parvarishlab, uni sotish orqali boylik orttirishni maqsad qilgan B.Sherali qonun oldida javob beradigan bo'ldi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati