23 May 2021 yil 443

Nashani ekib parvarishlayotgan Rinat tezkor tadbirda qo'lga olindi

Denov tumanida 2021 yilning 1 may kuni soat 12.30 da, tuman bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan "qora dori 2021" tadbiri davomida, tumanning "quyoshli yurt" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, u.Rinatning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomorqasida jami 3 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. 8 may kuni u.Rinatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech