15 Iyun 2020 yil
624
"Nasha" o'simligini parvarishlagan shaxs javobgarlikka tortildi
Denov tumanida 2020 yil 3 iyun kuni, viloyat ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Dashtichinor" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida N.J.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomorqasiga jami 14 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, holislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. 11 iyun kuni "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotgan shaxs N.J.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati