27 Iyun 2020 yil 859

"Nasha" o'simligi parvarishi taqiqlangan o'simliklar sirasiga kiradi

Denov tumanida 2020 yilning 12 iyun kuni, viloyat ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Dashtichinor" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi g.M.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomarqasiga 35 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 23 iyun g.M.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech