11 Iyun 2020 yil 689

"Nasha" ekkanlar aniqlanib, jinoiy javobgarlikka tortildi

Denov tumanida viloyat ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Yoshlik" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, T.T.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomorqasiga 6 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Shuningdek, tumanning "Dashtichinor" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, M.B.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomorqasidan 5 tup "nasha" o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Mazkur jinoyatni sodir etgan T.T. hamda M.B.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech