"Namuna" mahallasi aholisining bandligini ta'minlash bosh maqsad qilib olindi
Kuni kecha Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik A.Ismoilov Jarqo'rg'on tumanining 3-sektor hududiga qarashli "Namuna" mahallasida mahallabay ishlash tizimi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur hudud, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgust kunidagi PQ-5214-sonli qarori "Mahallada tadbirkorlikni yanada qo'llab-quvvatlash va tadbirkorlik sub'ektlari bilan aholi o'rtasida korporasiyalarni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga ko'ra "Namuna" mahallasi ham kiritilgan. Ushbu mahalla hududida 646 ta xonadon bo'lib, unda 1069 ta oilada 3902 nafar fuqarolar istiqomat qilishadi.
Hozirda mazkur mahalla aholisining bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish maqsadida, bir qator loyihalar asosida ishlar o'rganilmoqda.
Ushbu mahallaning hokim yordamchisiga ko'maklashish maqsadida, viloyat IIB boshlig'i tashabbusi bilan tegishli chora-tadbirlar rejalashtirib olindi. Shuningdek, mahallada istiqomat qilayotgan aholining turmush tarzi va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.
Kelajakda ushbu mahallada aholining turmush tarzini yaxshilash, daromad manbaini oshirish, mahallabay drayverlarini ishlab chiqish orqali kambag'allikni qisqartirish bo'yicha bir qator vazifalar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati