29 Oktyabr 2021 yil 408

Namanganlik shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etdi

Termiz tumanida 2021 yil 21 avgust kuni, tumanning "Sabzipoya" mahallasida yashovchi, I.Diyor (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 12 dekabr kuni o'ziga tegishli bo'lgan 2011 yilda ishlab chiqarilgan Damas rusumli avtomashinasini, Namangan viloyatida yashovchi, B.Sobir 50.000.000 (ellik million) so'mga savdolashib olib ketib, pulni 2021 yil 12 fevral kuniga qadar olib kelib berishini va'da qilib, ushbu avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib pullarni hozirgi kunga qadar bermayotganligini ma'lum qilgan. Mazku holat yuzasidan 14 oktabr kuni B.Sobirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi ko'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech