20 Dekabr 2021 yil
444
Muzrabotlik Qidiruvdagi shaxs Angor tumanida qo'lga olindi
Muzrabot tumanida 2021 yil mart oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Mehnatobod" mahallasida yashovchi, N.Dilshod (ism sharif o'zgartirilgan) 17 noyabr kuni, tumani IIB xodimlari tomonidan Angor tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati