14 Mart 2022 yil
347
Muzrabotdagi 3-sektorda tibbiy ko‘rik va sayyor qabul tashkil etildi
Hududlarda 3-sektordagi amalga oshirilgan ishlar natijasini o‘rganish davom etmoqda. Viloyat IIB ishchi guruhining o‘rganish manzili Muzrabot Mehnatobod, Yangi diyor, Yangi yer, Darband va Yurtim jamoli mahallalari bo‘ldi.
O‘rganish davomida mahallalarda yashayotgan aholining ehtiyojmand qatlamlariga amaliy ko‘mak berish va ularni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida bandligini ta’minlash hamda aholini yillar davomida qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar yechimiga etibor qaratildi.
Dastavval, sektor hududidagi “og‘ir mahalla” toifasiga kiritilgan “Yangi yer” mahallasida istiqomat qilayotgan aholining muammolarini tizimli o‘rganish uchun sayyor qabul tashkil etilib, 93 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. 6 tasi joyida hal etildi.
O‘tkazilgan suhbatlar jarayonida ushbu mahallalarda yashovchi ishsiz shaxslar shu jumladan, ayollar va yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolar bilan suhbatlashildi. 2 nafar yosh va 4 nafar ayolning murojaatlari ijobiy hal qilindi.
Shundan so‘ng, tumanning Mehnatobod va Yurtim jamoli mahallasilari hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, mahalla raisi, profilaktika inspektori va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan suhbat o‘tkazildi. Ye-auksion elektron platformasi orqali auksionga qo‘yilgan va yutib olgan yoshlar va ishsiz fuqarolar bilan muloqotda bo‘linib, ularning kelgusidagi rejalari bilan tanishildi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan viloyatdan biriktirilgan sektor a’zolari bilan birgalikda ijtimoiy og‘ir ahvolda yashayotgan 4 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari va 1 ta fuqaroga o‘zini-o‘zi band qilishi uchun tikuv mashinkasi berildi.
Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida jami tumandagi 115 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 1 317 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Unda tumandagi korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga 8 nafar fuqaroga ishga joylashish yo‘llanma berildi, 28 nafar fuqarolarga haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, bundan tashqari mutaxassisligi bo‘lmagan 20 nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qish uchun ham yo‘llanma berildi.
Bundan tashqari kam ta’minlangan hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalardan 4 tasiga yengil rekonstruksiyali issiqxona qurib berish uchun mablag‘lar ajratildi hamda 1 nafar fuqaroga tikuv mashinkasi berildi.
Boshqa hududlarda bo‘lgani kabi bu yerda ham tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati