26 Noyabr 2021 yil 868

Muzrabotda, xonadon o'g'risi aniqlandi

Muzrabot tumanida 2021 yil 29 oktabr kuni tumanning "yangi Diyor" mahallasida yashovchi, D.Ismigul tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 28 oktabr kuni soat 15:30 larda, noma'lum shaxs yashash uyida hech kim yo'qligidan foydalanib mehmonxonasida bo'lgan 100 (yuz) AQSh dollari, 605.000 (olti yuz besh ming) so'm pul, 1 dona "RedMi" rusumli telefon apparati, "Humo" plastik kartasi hamda ayollar hamyonini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'rilik jinoyatini Muzrabot tumanida yashovchi E.Samira sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 5 noyabr kuni E.Samiraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech