27 Yanvar 2023 yil 515

Qo‘shmachining “qo‘shgani” qimmatga tushdi

Muzrabot tumanida 2023 yil 16 yanvar kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhining xabariga ko‘ra, 9 yanvar kuni soat 17-30 larda, tuman IIB xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, shu tumanda yashovchi, muqaddam jinoyat sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilib sudlangan, Yu.Shoira (ism shariflar o‘zgartirilgan) o‘zining ilgari qilgan jinoiy qilmishidan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan,  yashash uyida, 100.000 (bir yuz ming) so‘m pul evaziga, Muzrabot tumanida yashovchi, Yu.Matluba va Termiz shahrida yashovchi, Sh.Asrorlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 16 yanvar kuni Yu.Shoiraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech