23 Sentyabr 2021 yil
450
Muzrabotda qidiruvdagi bezori tozalash tadbirida qo'lga olindi
Muzrabot tumanida 2021 yil sentyabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Shaffof" mahallasida yashovchi, I.Fozil 16 sentyabr kuni tuman hududida o'tkazilayotgan o'quv mashg'uloti va tozalash tadbirlari davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati