Muzrabotda o'z uyida qimorxona tashkil qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Muzrabot tumanida 2021 yil 27 iyul kuni soat 18.00 larda, tuman IIB xodimlari tomonidan, o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning "Mustaqillik" mahallasida yashovchi, P.Burxon yashash uyida, qimorxona tashkil etib, tumanning "Obi hayot" mahallasida yashovchi fuqarolar, E.Nurali, B.Asror, Ch.Xusan va tumanning "Obod turmush" mahallasida yashovchi, S.Karimlarga qimor o'ynashlari uchun sharoit yaratib berib, o'zi ham ular bilan birga qimor o'ynayotganliklari aniqlanib, 350.000 (uch yuz ellik ming) so'm pullar va 108 dona har xil turdagi kartalar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. 6 avgust kuni P.Burxonga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati