20 Noyabr 2024 yil
152
Muzrabotda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirildi
Muzrabot tumani 10-bolalar musiqa va san’at maktabida "Muzrabot tumanida dolzarb 50 kun" tadbiri yuzasidan tumanda ajrim yoqasiga kelib qolgan, shar’iy nikohdagi, nizoli oila vakillari, jinoyat sodir qilgan, probatsiya hisobida turgan ayollar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Zulxumor Xidirova, viloyat reabilitatsiya bo‘limi boshlig‘i M. Xafizova, tuman hokimi o‘rinbosari S. Berdieva, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari R. Sobirov hamda tuman IIB JXX HPB XKMB katta inspektori podpolkovnik A. Qodirovalar ishtirok etishdi. Uchrashuvda mahalla faollari ishtirokida 3 ta oila yarashtirildi. Nizoli oila vakillari, probatsiya hisobida turgan ayollarga profilaktik suhbatlar olib borildi.