19 Fevral 2022 yil 408

Muzrabotda, avtomashinaning oynasini sindirish yo'li bilan o'g'irlik jinoyati sodir etildi

2022 yil 30 yanvar kuni Muzrabot tumanida yashovchi, S.Sanambonu (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 27 yanvar kuni soat 23:30 larda, noma'lum shaxs mahallasida joylashgan savdo do'koni yonida qarovsiz holda qoldirgan, o'ziga tegishli Spark rusumli, avtomashinasining oldi oynasini sindirish yo'li bilan ochib avtomashina salonida bo'lgan 600.000 (olti yuz ming) so'm pullari, fuqarolik pasporti, o'g'lining tug'ilganlik guvohnomasi, 5 dona plastik kartasi, haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini qayd etish guvohnomasi va mehnat daftarchalarini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, D.Daler sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 6 fevral kuni D.Dalerga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech