Muzrabot tumanining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun iftorlik dasturxoni yozildi
Ramazon oyi Qur’oni karim barokati, go‘zal xulqning fazilatlari bilan ziynatlangan muqaddas oydir. Bu ulug‘ oyda qilinayotgan duolar ijobat bo‘ladi, ibodat va xayrli amallarning ajri yuksaladi. E’tiborlisi, ushbu muborak oyda elimizning asrlar osha sayqallashib kelayotgan mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi xislatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
Muzrabot tumani 3-sektor "Yangier" mahallasi fuqarolari uchun "Oriyat" mahallasida joylashgan "Diydor shirin" to‘yxonasida va "Yo‘lchi" mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi bo‘lgan fuqaro xonadonida iftorlik dasturxoni yozildi.
Unda viloyat 3- sektor rahbari Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i A.Ismoilov, sektor rahbari tuman IIB boshlig‘i Sh.Narmuratov, mahalla nuroniy otaxon va onaxonlari ishtirok etdilar.
Iftorlikka yig‘ilganlar qo‘llarini duoga ochib Muhtaram Yurtboshimizning xalqimizning tinchligi va osoyishtaligi, farovonligi yo‘lida olib borayotgan ishlariga sog‘liklariga, tinchligimiz, mustaqilligimiz abadiy bo‘lishini so‘rab duolar qilishdi.