10 Iyul 2022 yil 638

Muzrabot tumanidagi MChJdan pul o‘g‘irlagan shaxs, ishchisi bo‘lib chiqdi

Muzrabot tumanida 2022 yil 1 iyul kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra, 2022 yil 6 iyun kunida Termiz tumanida yashovchi, Muzrabot tumanidagi Mas’uliyati cheklangan jamiyat raisi S.Samandar (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga bergan bildirish xatida, noma’lum shaxs 20 may kuni ushbu MChJga qarashli bo‘lgan ma’muriy binoning orqa tomonida joylashgan derazasi orqali kirib, u yerda turgan seyfdan 4.200.000 (to‘rt million ikki yuz ming) so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni Muzrabot tumanida yashovchi, ushbu MChJ ishchisi, D.Davron sodir etganligi aniqlangan. Bundan tashqari D.Davron 2022 yil 7 iyun kunida ushbu MChJ hududiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 2.800.000 (ikki milloin sakkiz yuz ming) so‘mlik 1 dona suv nasos va 1 dona payatniklarni o‘g‘irlab ketganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 01 iyul kuni D.Davronga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech