17 Iyun 2022 yil 310

Muzrabot tumanidagi “Yangi diyor” mahallasida “beshlik” asosida, “Sayyor qabul” tashkil qilindi

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidagi “Yangi diyor” mahallasida xizmat olib borayotgan “beshlik” ya’ni mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda mahallaning fuqarolar ko‘p to‘planadigan gavjum joyida fuqarolarning muammolari va murojaatlarini joyida o‘rganish maqsadida, sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida, aholi tomonidan qilingan murojaatlarning ijrosini ijobiy hal qilish masalasi ko‘rildi. Muddat talab qiladigan hamda katta mablag‘ talab qiladigan murojaatlarning ijrosi mas’ullar tomonidan alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, mahalla fuqarolariga buklet va vizitkalar tarqatildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganishga qaratilgan “Sayyor qabul”lar vohaning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech