16 Iyul 2025 yil 316

Muzrabot tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish masalasi bo‘yicha profilaktika inspektorlari bilan tuman xokimi uchrashuv o‘tkazdi.

Yurtimiz bo‘ylab 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida,  tuman ichki ishlar bo‘limi binosida Muzrabot tumani hokimi A.Mamatqulov va tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurovlar ishtirokida jinoyatchilikning oldini olish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda jinoyatlarning sabablari, kelib chiqish holatlari tahlil qilindi. Muhokamada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida tuman hokimi A.Mamatqulov mahalladagi profilaktika inspektorlari, hamkor idoralar mas’ullari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirdi.

Yig‘ilishda hamkorlikda jinoyatlarning oldini olishda amalga oshirladigan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Text to speech