Muzrabot tumanida jinoyatchilkning, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosiga bag‘ishlagan tadbirda “mahalla yettiligi”, huquq tartibot idora xodimlari va nuroniylar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda mahallarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, aholi, ayniqsa yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mehanizmlarini joriy etish, yoshlar muammolarini bevosita mahallarda hal etish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida tumanda sodir etilgan jinoyatlarga ham e’tibor qaratilib, boshqa hududlarda bunday jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.