Muzrabot tumanida “Turmush” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida yig‘ilish tashkid etildi.
Respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan
“Turmush” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida, “Surxondaryo tajribasi” asosida
Muzrabot tumanidagi oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oila ajrimlarini
oldini olish, ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan tizimli ravishda ish olib
borish maqsadida, Muzrabot tuman hokimligi binosida, tuman IIB boshlig‘i O‘tkir
Shukurov, tuman Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Berdieva, tuman Oqila
ayollar kengashi rahbari F.Normamatova, tuman Imom xatibligi bosh otinoyisi O.Normurodova,
mahalla Xotin-qizlar faollari, otinoyilari hamkorligida 23 ta ajrim yoqasiga kelib
qolgan 15 ta nizoli oilalar bilan muhokama suhbatlari o‘tkazildi.
Muhokama yig‘ilishida ulardan 19 ta nizoli va ajrimi
yoqasidagi oilalar yarashtirilishiga erishildi. Shunindek har bir mahalalarda otinoyilar,
hoji onalar, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, IIB profilaktika inspektorlaridan
iborat tarkibda ishchi guruhlari tuzilib, haftaning har payshanba kuni nizoli, ajrim
yoqasidagi oilalar bilan manzilli ishlar olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.