9 Avgust 2025 yil
377
Muzrabot tumanida tungi reydlar o‘tkazilishi davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi PQ-01-sonli Qarori ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriklar ijrosini ta’minlash maqsadida, Muzrabot tumanida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” hamda "Hamkor" tezkor profilaktik tadbirlari doirasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘tkazilayogan tezkor profilaktik tadbirlarda tuman prokurori I.Xo‘jamurodov va tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov ishtirok etib, tumanda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar olib borildi.