Muzrabot tumanida o‘tkazilgan vatanparvarlik ruhida o‘tkazilgan tadbirlar muzrabotlik yoshlarga g‘ururlanish hissini in’om etdi
Joriy yilning
12 yanvar sanasida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida
davlatimiz rahbari tomonidan mutasaddilarga yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
ularda boy ma’naviy meros qadim urf-odat va an’analarimizni singdirish, aniq maqsadiga ega aqlan va jismonan komil shaxsni
shakllantirishga yo‘naltirilgan qator vazifalar
belgilab berilgan edi.
Ana shu topshiriqlarni
vohamizning Muzrabot tumanida amalga oshirilishiga mas’ul Surxondaryo viloyati 3-sektori
rahbari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich
tashabbusi bilan hududda bir-birini to‘ldirayotgan manzilli tadbirlar tashkil etilmoqda. Tumanning Yurtim Jamoli mahallasida tashkil etilgan
tadbirlar avvalida uyushmagan yoshlar tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi kuylandi. Shundan so‘ng oilalarda sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan “Salomatlik uchun besh ming qadam”
aksiyasi o‘tkazildi. Unda 500 dan ziyod mahalla fuqarolari piyoda yurish marafonida
ishtirok etishdi. Harbiy orkestr jo‘rligida Jangovar bayroqning tantanali olib chiqish jarayoni kishida beixtiyor
g‘urur va iftixor tuyg‘ularni baxsh etadi. Vatanparvarlik ruhidagi musiqalar askarlarning
jangavorligini oshiradigan qo‘shiqlari yoshlarni
Yangi O‘zbekiston armiyasi saflarida harbiy xizmatni o‘tashga bo‘lgan ishtiyoqini
oshirdi. Harbiy xizmatchilarning jangovor chiqishlarini tomoshabinlar
har doim faxr va hayajon bilan kuzatishadi. Surxondaryo viloyat IIB Alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik
otryadi xodimlari ham jangovor tayyorgarliklari va maxsus vositalar, qurollar ko‘rgazmasi
bilan muzrabotlik yoshlarga g‘ururlanish
hissini in’om etishdi.
Yoshlar jam bo‘lgan
davrada sport musobaqalariga ham keng o‘rin berildi. Ular sportning shaxmat-shashka,
arimresling, arqon tortish, kamondan o‘q uzish, tosh ko‘tarish musoboqalarida o‘z
imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
3-sektor kubogi
uchun o‘tkazilgan futbol bellashuvlarida tumandagi 14 ta mahallaning futbol jamoa
vakillari birin-ketin g‘oliblik uchun maydonga tushishdi. Murosasiz
bahslar natijasiga ko‘ra birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egallagan “Yurtim
Jamoli”, “At-Termiziy ”, “Oriyat” mahallasi
yoshlari sektor rahbarining qimmatbaho sovg‘alari
bilan rag‘batlantirildi. “Yurtim Jamoli” mahallasi yoshlariga esa ko‘chma kubok
topshirildi.
Sport bellashuvlari
ko‘chat ekishdek hayrli tashabbuslarga ulanib ketdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi
doirasida 300 dan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi. Hasharchi va
musoboqa ishtirokchilari uchun yozilgan fayzli dasturxonga osh ham tortildi.
Kechga borib doshqozonda sumalak qaynatildi. Katta gulxan
yoqildi, uning atrofida san’at va adabiyotga ixlosmand mahalla yoshlari jam bo‘lishib o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi. Gulxan atrofidagi oqshomda gitara
sadosi ostida qo‘shiqlar kuylandi baxshilar jo‘rligida maroqli madaniy xordiq olindi.