Muzrabot tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarolarning murojaat va muammolarini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 10 mart kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash borasida, aholining murojaatlarini o‘rganish hamda qonuniy hal etish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.X.Ketmonov tomonidan, Muzrabot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvida bo‘lgan 14 ta jinoyat ishlari bo‘yicha jami 22 nafar protsess ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i I.X.Ketmonov jinoyat ishlari bo‘yicha jinoyat sodir etgan shaxslar, jabrlanuvchi va boshqa protsess ishtirokchilari bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muomoli holatlarni (jumladan, moddiy zararni qoplanishi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarni keyingi taqdiri, ilgaridan janjallashib kelayotgan shaxslarni yarashtirish, YTH bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha avtomashinalarni jarima maydonchasiga joylashtirish va chiqarish tartibi, jinsiy erkinlikga qarshi qaratilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni oshkor qilmaslik va x.k) sinchkovlik bilan o‘rganib, protsees ishtirokchilarining muommolarini qonuniy tartibda va belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqib, qonuniy hal etish choralari ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, protsess ishtirokichlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha ham huquqiy tushunchalar berish bilan birga fuqarolar tomonidan kelgusida tergov organi bilan bog‘liq biror bir muommoli masalalar yuzaga kelganida, Tergov boshqarmasi rahbarlariga murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirilib, xizmat va uyali telefon raqamlari qayd etilgan vizitkalar tarqatildi.