13 Fevral 2025 yil
739
Muzrabot tumanida Surxondaryo viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli tashkil etildi.
2025 yil 13 fevral kuni Muzrabot tumani “At-Termiziy” mahallasida joylashgan Muzrabot tuman poletexnukumida fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida, Surxondaryo viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.A.Xudoyberdievning navbatdagi “Sayyor qabuli” bo‘lib o‘tdi.
“Sayyor qabul”da 26 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan 14 ta murojaatlar qabul qilindi. Fuqarolar tomonidan qilingan murojjatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan 11 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha idora va tashkilotlarga yo‘naltirilib ijrosi alohida nazoratga olindi.