21 Iyun 2025 yil
1432
Muzrabot tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i rahbariligida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi, tumandagi kriminogen vaziyat tanqidiy muhokama qilindi.
Bugun Muzrabot tuman At Termiziy mahallasida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, tumandagi kriminogen vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat IIB
boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov huzurida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida, tuman
va mahalla yettiliklari, nuroniylar, mahalla
faollari va boshqa mutasaddi tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok
etishdi.
Yig‘ilish
davomida, viloyat mas’ullari tomonidan mahalla yettiligiga hududlarda jinoyat va
huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlari va boshqa
kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar inobatga olingan holda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.