23 May 2024 yil 570

Muzrabot tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ijobiy yechim topish maqsadida “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

Muhtaram  Prezidentimiz tashabbuslari bilan olib borilayotgan islohotlar natijasida, aholini muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish, fuqarolarni bugungi kunidan rozi qilish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday qabullarning navbatdagisi Muzrabot tumani Oriyat mahallasidagi Pedagogika kolleji binosida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tumandagi aholining yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining “Sayyor qabuli” tashkil etildi.

Ushbu sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, mas’ul korxona va tashkilot  xodimlari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, moddiy yordam olish, kontrakt to‘lovini to‘lash, ishga tiklash, sog‘ligini yaxshilash, probatsiya nazorati hisobidan chiqarish, ichki yo‘llar ta’miri, tergovga qadar tekshiruv va boshqa bir qator masalalardagi ellikka yaqin murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.

Shuningdek “Sayyor qabul” yakunida 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan 4-nafar o‘quvchi yigit-qizlarga ID kartalari boshqarma boshlig‘i tomonidan tantanali ravishda topshirilgan bo‘lsa, bir necha imkoniyati cheklangan  fuqarolarning murojaati joyida ijobiy hal etilib ularga nogironlik aravalari berildi.

Text to speech