28 Yanvar 2024 yil 593

Muzrabot tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘smir o‘g‘il-qizlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

Joriy yilni 26-27-yanvar kunlari Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani sport maktabida sportning voleybol turi bo‘yicha U-14  o‘smir o‘g‘il-qizlar o‘rtasida viloyat IIB boshlig‘ining sovrini uchun viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada viloyatning shahar-tumanlaridan 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.

Murosasiz kechgan musobaqa natijasiga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1- o‘rin Muzrabot tumani

2- o‘rin Oltinsoy tumani

3- o‘rin Sho‘rchi tumani

Qiz bolalar o‘rtasida

1-o‘rin Muzrabot tumani

2-o‘rin Denov tumani

3-o‘rin Sherobod tumani jamoalari egallashdi.

G‘olib bo‘lgan jamoalarni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, federatsiya raisi o‘rinbosari Murod Boltaev hamda Muzrabot tumani IIB boshlig‘i tabriklab, Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining I-II-III-darajali diplomlari va homiylar tomonidan ajratilgan kubok, qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi.

G‘olib bo‘lgan jamoa a’zolaridan Surxondaryo viloyati terma jamoasi shakllantirildi.

Text to speech