15 Fevral 2024 yil
526
Muzrabot tumanida sayyor tibbiy ko‘rik qabuli tashkil etildi
Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘i polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovichning tashabbusi bilan 2024 yil 15 fevral kuni
Muzrobot tuman Yakkatol mahallasida viloyat IIB Davolash profilaktika muassasasi
Tibbiyot bo‘limi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini
chuqurlashtirilgan sayyor profilaktik tibbiy
ko‘rik tashkil etildi.
O‘tkazilgan sayyor tibbiy
ko‘rik qabulida jami 455 nafar fuqarolar viloyat IIB Davolash profilaktika muassasasi
Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi va viloyat
SSB yetakchi tor mutaxassislari tomonidan
chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik vaqtida jami 293 nafar
fuqarolarda birlamchi kasalliklar aniqlandi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha
86 nafarini muammolari sayyor qabulni o‘zida tor mutaxassis shifokorlar
tomonidan ijobiy xal etildi. Qolgan 155 nafari
ambulator va 132 nafari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining Davolash
profilaktika muassasalarida statsionar tartibda davolanish tavsiya etildi.