21 Fevral 2025 yil 903

Muzrabot tumanida sayyor chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik qabuli tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmasiga asosan yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlar borasida bir-birini to‘ldiradigan mexanizm faoliyati yo‘lga qo‘yildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buni birgina  Surxondaryo viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan eng og‘ir ahvoldagi mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan ulkan hayrli ishlar misolida ko‘rib turibmiz.

Joriy yilning 21 fevral kuni  Surxondaryo viloyatining Muzrobod tumani Guliston mahallasi xududidagi 48-sonli oilaviy poliklinikada, mahallada doimiy istiqomat qiluvchi aholi uchun, viloyat IIB DPM Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi mutaxassis shifokorlari ishtirokida  chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ezgu amal davomida  65 nafar fuqarolar UTT tekshiruvlaridan, 70 nafar fuqarolar EKG tekshiruvidan o‘tkazildi. Bundan tashqari 75 nafar fuqarolardan umumiy qon va peshob taxlillari olinib, taxlillar, UTT, EKG va boshqa tibbiy tekshiruv natijalariga asosan tegishli mutaxassislarga yo‘naltirildi. Qolaversa nevrolog, psixiatr, otarinolaringolog, oftalmolog, jarrox, genekolog, pediatr, onkolog, kardiolog va terapevt ko‘riklaridan jami 210 nafar fuqarolar o‘tkazilib, tibbiy ko‘rik natijasiga asosan 42 nafar bemorlarni viloyat hamda tuman miqyosidagi shifoxonalarda, 101 nafari ambulator tartibda davolanishlari lozimligi takidlandi va amaliy yordam ko‘rsatildi. 67 nafar fuqarolarga shikoyatlari asosida tibbiy maslaxatlar berildi.

Chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik davomida mahallada yotib qolgan o‘zgalar yordamiga muxtoj  bemorlarning yashash xonadonlariga borib, ularning sog‘liklari mutaxassis shifokorlar tomonidan nazoratdan o‘tkazildi.

Text to speech