18 Mart 2022 yil 375

Muzrabot tumanida, Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar profilaktik ogohlantirildi.

Joriy yilning 17 mart kuni, Muzrabot tumani 3-sektor hududiga qarashli Muzrabot tumani IIB binosida tuman prokuraturasi mas’ul xodimi, tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, tuman IIB tergov guruhi katta tergovchisi hamda tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi katta inspektorlari ishtirokida tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turib jazo muddatini o‘tayotgan nazoratdagi shaxslar bilan kelgusida qayta jinoyat sodir etilishining va firibgarlik jinoyatining qurboni bo‘lib qolishining oldini olishga qaratilgan, yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, so‘z olgan mas’ullar tomonidan Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar takroriy jinoyat yo‘llariga kirib ketayotganligi tanqid qilinib, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar yana bir bor profilaktik ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech