27 Iyul 2023 yil 393

Muzrabot tumanida Probatsiya nazoratida turgan shaxslar uchun Sayyor sud tashkil etildi.

Bilamizki tahlillar statistik ma’lumotlar amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini aniqlash va shu asosda zarur choralarni  belgilash imkonini beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra 2023 yilning 5 oyi mobaynida shahar va tuman IIB probatsiya guruhlari hisobida turgan nazoratdagi shaxslar tomonidan jami 23 ta  qayta jinoyatlar sodir etilgan. Bu esa hududlarda kreminogen vaziyatni barqarorlashtirish huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirishni taqazo etmoqda. Muzrabot tumanida tashkil etilgan sayyor sud va ma’naviy-ma’rifiy tadbirda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan choralar belgilandi.

Xabaringiz bor Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i  Muzrabot tumani aholisining muammolarini bartaraf etish infratuzilmani yaxshilash  shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlari, investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, irrigatsiya va melioratsiya, ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yechimiga mas’ul etib belgilangan. 150 ming nafardan oshiqroq aholi istiqomat qilayotgan tumanda ijtimoiy sharoiti og‘ir, jinoyatga moyil shuningdek davlat g‘amxo‘rligiga muhtoj aholi vakillari bilan manzilli ishlar tashkil etilmoqda. Tumandagi 10-sonli musiqa va san’at  maktabida viloyat va tuman mutasaddilari nazorat ostidagi shaxslar ishtirokida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi. Kishilarni ogohlikka chorlaydigan ma’lumotlar o‘rtaga tashlandi. Shundan so‘ng sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha  Muzrabot tuman sudi tomonidan Ichki Ishlar Organlari Probatsiya guruhi  hisobida turgan shaxslarning xatti-harakatlariga baho berildi. Aytish kerakki Mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson manfaatlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam. Mazkur yo‘nalishdagi sa’y harakatlar natijasida ayniqsa odil sudlovga, adolatli qarorlar qabul qilinishiga erishilib, har bir shaxsning qonuniy manfaatlari himoyalanmoqda. Jamiyatda bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib tuzalish yo‘liga o‘tganlarni qo‘llab - quvvatlash,  ijtimoiy ahvolini yaxshilashga yo‘naltirilgan ishlar ham izchillik bilan davom ettirilayapti.

Sayyor sud jarayonida 10 nafar fuqaroga  tayinlangan jazo muddatini o‘tash davomida taqiq cheklov va majburiyatlarga amal qilib mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi uchun ularga insonvarvarlik tamoyili qo‘llanilib, belgilangan jazodan muddatidan ilgari ozod etildi.

Shuningdek berilgan imkoniyat va bildirilgan ishonchni suiste’mol qilib qayta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi. Sayyor sud yakunida shartli ravishda ozod etilayotgan fuqarolar tomonidan qayta jinoyat sodir etish holati takrorlansa qonunchiligimizda belgilangan tartibga ko‘ra o‘talmay qolgan jazo muddati qo‘shilgan holda chora belgilanishi tushuntirib o‘tildi. Shu asnoda Ichki ishlar organlari tizimida nazoratda turgan shaxslar hamda qizil toifaga kirtilgan yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida ularga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. Shundan so‘ng  tadbir ishtirokchilari uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.

Kechirimli bo‘lish, raxm, mehr ko‘rsatish adashganlarga imkon berish bu jamiyatimizda qaror topgan insonparvarlik tamoyilining amaldagi ifodasidir. Sudlar tomoidan  bildirilgan ishonch va berilgan imkoniyat kishi zimmasiga mas’uliyat ham yuklaydi. Ana shu burchni teran anglagan inson esa avvalo oilasi qolaversa jamiyat oldida yorug‘ yuzli bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.

Text to speech