13 Iyul 2024 yil 547

Muzrabot tumanida “Oila-muqaddas qo‘rg‘on” shiori ostida, ajrim yoqasidagi notinch oilalar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Oila har bir jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi. Uning aksi bo‘lsa-chi? oilalarda parokandalik, buzg‘unchilik bo‘lsa, o‘sha jamiyat buziladi, tinchi va halovati yo‘qoladi, u alal oqibat chuqur tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi. Oilaning tinchligini saqlashda, oila a’zolarining, ayniqsa, er va xotinning o‘zaro murosa-madoraga borishi, g‘azabi kelganda uni yengishi va shirin so‘zli bo‘lishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni ko‘chaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.

Azaldan muqaddas dargoh sanalgan oilaga va kelajak avlodga e’tibor berish xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz qadimdan mustahkam oila qurish, nasl sog‘lomligi, bolalarni adolatli sharoitlarda komil inson qilib tarbiyalash orzusi bilan yashab, doimo shunga intilgan. Oila yuksak insoniy qadriyatlarni, qarindosh-urug‘, er-xotin, ota-ona va farzandlar munosabatidagi eng yaxshi an’analarni o‘zida mujassam etgani uchun ham e’zozlanadi. O‘zbek oilasi aynan mana shunday ma’naviy qadriyatlar asosiga qurilgani uchun ham dunyo xalqlarini hayratga solib kelayotir. Oila bilan bog‘liq an’analarimiz bizning bebaho boyligimiz hisoblanadi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida o‘ziga xos ijtimoiy vazifani bajaradi. Respublikamizda oilaga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Albatta, oilaning huquqiy asosini qonuniy nikoh tashkil etadi.

Mahallalarda tashkil etilgan “yettilik” faollari tomonidan hududda huquqbuzarlik sodir etish va undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan oila a’zolariga qo‘llaniladigan ijtimoiy profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, mahalla faollari bilan birgalikda ular bilan yakka tartibdagi profilaktik tushuntirish ishlarni amalga oshirish, hududda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib qilish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlarida uzviy hamkorlik yanada kuchaytirildi.

Respublikaning barcha mahallalarini jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida tasdiqlangan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolanib, unga ko‘ra joriy yilning 5 iyul kunidan 5 avgust kuniga qadar keng qamrovli "Turmush" profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Buning birgina misoli sifatida Muzrabot tumani xokimyatida tuman IIB boshlig‘i O‘.R.Shukurov tuman hokimi maslahatchisi F.Normamatova, tuman Nuroniy jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i E.Sobirov va otinoyilar, imomlar hamda “mahalla yettiligi” ishtirokida Xotin-qizlar o‘rtasida va oila turmush doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida, tuman xuddudidagi 16 nafar nizolashib kelayotgan oilalarni yashash sharoiti va nizolari o‘rganilib muhokama etildi.

Ushbu muhokama jarayonida 2 ta oila yarashtirilib muommolari shu joyning o‘zida xal etildi. Tumanning “Sopollitepa” mahallasida yashovchi “B” va “N”ning o‘zaro nizosi o‘rganilib, nizo kelib chiqishga sabab bo‘lgan omillar tahlil qilinib, ularga oilani asrash, farzandlarining kelajagini barbod qilmaslik hamda muqaddas sanalgan oilani saqlab qolish bilan birga ularning oiladagi va farzandlari tarbiyasi kelajagi oldidagi burchlari tushuntirilganidan so‘ng ular shu joyning o‘zida oilalarini saqlab qolishlariga so‘z berishib, er-xotinlar yarashishdi.

Tahlillarga ko‘ra, turmushi buzilgan ayollarning 50 foizdan ortig‘i o‘rta hol yoki kam ta’minlangan, yashash sharoiti og‘ir oila farzandlari. Qizning ajralib, ota uyiga kelib qolishi o‘sha oilalardagi muammolarni yanada ko‘paytirmoqda. Qolaversa, ajrashgan ayol farzandlarini boqish, uy-joy qilish ilinjida xorijiy davlatlarga ishlagani ketmoqda yoki yengil-yelpi, noqonuniy yo‘llar bilan pul topishga harakat qilmoqda. Bu, albatta, odam savdosi, ayollar ishtirokidagi jinoyatlarning ortishiga, farzandlar tarbiyasiga, oilalardagi ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ham bor gap. Bu kabi holatlar mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishni taqozo etadi, – deydi tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov. Oilaviy mojarolar bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olish, qonuniy nikohi bekor bo‘lmasdan turib shar’iy nikoh bilan boshqa oila qurib yashayotgan, ana shu holatni bila turib, unga shar’iy nikoh o‘qiyotgan imomlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish, ta’lim muassasalarida, mahallalarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, muammoli oilalar bilan ishlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirilishini ta’kidladi.

Tuman hududida o‘tkazilayotgan keng qamrovli “Turmush” profilaktik tadbirida faol ishtirok etishlari, shu bilan birga tuman hududidagi barcha nizoli oilalarga kirib, ularning muammolarini o‘rganishda, aniqlangan muammolarni ijobiy bartaraf qilishda hamkorlikka chorladi.

Ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.

Text to speech